UTeL tizimini ofisda joylashgan serverga o‘rnatish mumkinmi?
Maqolada UTeL tizimini ofis serveriga o‘rnatish va buning uchun zarur talablar ko‘rib chiqiladi.
Qisqacha javob
Ha, UTeL tizimini ofisdagi serverga o'rnatish mumkin. Ammo ishni boshlashdan avval mijoz bir qator talablar va texnik ma'lumotlarni taqdim etishi zarur. Tizimning barqaror ishlashi uchun bu talablarga rioya qilish muhim.
O'rnatish talablari
1. Server parametrlari
Lokal yoki virtual server kamida quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak:
- CPU: 4 yadro
- RAM: 4 GB
- Disk: 50 GB SSD (qo'ng'iroqlar yozuvi hajmiga qarab ko'paytiring)
- OS: Ubuntu 24.04
Muhim
Server faqat UTeL tizimi uchun ajratilsin. Boshqa dasturlar o'rnatilmasin va boshqa maqsadda foydalanilmasin.
2. IP va tarmoq
- Statik IP — public va private ikkisi ham kerak
- Internet-provayder tomonidan berilgan public IP zarur
- Ofisda lokal simli tarmoq mavjud bo'lishi kerak
- Mijozga ajratilgan domen shu serverga yo'naltirilgan bo'lishi kerak
3. Ochiq portlar
Quyidagi portlar routerda yoki firewallda ochilgan va serverga yo'naltirilgan bo'lishi kerak:
| Port | Protokol | Maqsad |
|---|---|---|
| 22 (yoki boshqa) | TCP | SSH |
| 5060 | UDP | SIP signalizatsiya |
| 5060 | TCP | SIP signalizatsiya |
| 10000–20000 | UDP | RTP media (ovoz) |
| 80 | TCP | HTTP |
| 443 | TCP | HTTPS |
| 8089 | TCP | WebSocket |
SIP ALG
Routerda SIP ALG sozlamasi albatta o'chirilishi kerak. Aks holda SIP paketlari buzilishi (ovoz eshitilishidagi muammolar) va qo'ng'iroqlar ishlamasligi mumkin.
4. SIP-trunk
- Aloqa operatori bilan SIP-trunk shartnomasi bo'lishi kerak
- SIP-trunk sozlamalari serverga ulangan va to'g'ri yo'naltirilgan bo'lishi kerak
Kerakli ma'lumotlar
O'rnatishni boshlash uchun quyidagilarni taqdim eting:
- SSH login, parol va server IP manzili
- SIP-trunk ma'lumotlari: host, login, parol, telefon raqamlar
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: