Operator parolini qanday ko‘rish mumkin?
Bu yo‘riqnomada UTeL shaxsiy kabinetida operator parolini qanday ko‘rish va zarur bo‘lsa uni yangilash tartibi ko‘rsatib beriladi.
O‘zingiz yoki boshqa xodimga tegishli operator parolini ko‘rish uchun sizda UTeL shaxsiy kabinetiga kirish huquqi bo‘lishi kerak.
ATC / Foydalanuvchilar bo‘limiga o‘ting. Bu bo‘limda telefoniyaga ulangan barcha xodimlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Kerakli foydalanuvchi ustiga bosing.
Ekranning o‘ng tomonida foydalanuvchiga oid to‘liq ma’lumot, jumladan Paroli ham chiqadi.
Zarurat tug‘ilganda siz yangi parol yaratishingiz mumkin. Bunday holatda ilgari ulangan barcha qurilmalar avtomatik tarzda uziladi
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling:
Balans va barcha to‘lovlar tarixini ko‘rish
UTeL shaxsiy kabinetida balansni va to‘lovlar tarixini ko‘rish bo‘yicha qisqa ko‘rsatma.
Grandstream GRP2601P telefon apparatini qanday sozlash mumkin?
Qo‘llanmada Grandstream GRP2601P telefonini UTeL tizimiga ulash, hisobni sozlash va muammolarni bartaraf etish bosqichlari ko‘rsatilgan.