MicroSIP dasturini qanday sozlash mumkin?
Qo‘llanma MicroSIP dasturini o‘rnatish, UTeL akkauntini sozlash va qo‘ng‘iroqlarni boshqarish bosqichlarini ko‘rsatadi.
Sozlash
Yuklash
Ushbu havola orqali MicroSIP dasturini yuklab oling:
Yuklab olingan dasturni o’rnating:
Dasturni oching va "Sozlamalar" bo’limiga o’ting:
"Sozlamalar" bo’limi xuddi yuqoridagi rasmdagidek sozlangan bo’lishi kerak!
Yangi akkaunt qo’shish uchun ‘Akkaunt qo’shish…’ bo’limiga o’ting:
Akkaunt ma’lumotlarini kiritish:
- Operatorning ichki raqami(misol sifatida 100 ko’rsatilgan, operatorlarning ichki raqamlari kabinetda ko’rsatilgan bo’ladi).
- UTeL kabinetning domeni.
- Operatorning ichki raqami.
- UTeL kabinetning domeni.
- Operatorning ichki raqami.
- Operatorning paroli(kabinetda ko’rsatilgan bo’ladi).
- Operatorning ismi.
Qo’ng’iroqni amalga oshirish:
Qo’shimcha imkoniyatlar:
- Qo’ng’iroqni "Kutish" rejimiga qo’yish.
- Qo’ng’iroqni boshqa operatorga(ichki raqamini terish orqali) yoki boshqa raqamga yo’naltirish.
- DND(Do Not Disturb) – bu tugmaning vazifasi qo’ng’iroqlar qabul qilishni o’chirish, odatda tushlik yoki tanaffus vaqtida yoqib qo’yiladi.
Eslatma: DND tugmasi yoniq holatda qolib ketmasin, aks holda kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilib bo’lmaydi!
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling:
Grandstream GRP2601P telefon apparatini qanday sozlash mumkin?
Qo‘llanmada Grandstream GRP2601P telefonini UTeL tizimiga ulash, hisobni sozlash va muammolarni bartaraf etish bosqichlari ko‘rsatilgan.
PortSIP dasturini qanday sozlash mumkin?
Bu qo‘llanmada PortSIP dasturini o‘rnatish, UTeL akkauntini kiritish va kerakli sozlamalarni amalga oshirish bosqichlari ko‘rsatilgan.