AmoCRM bilan integratsiya

UTeL shaxsiy kabinetini AmoCRM tizimi bilan bog‘lash va qo‘ng‘iroq ssenariylarini sozlash bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma.

Integratsiyani ulash va sozlash uchun siz 3 bosqichni bajarishingiz kerak:

  1. UTeL hisobidagi integratsiyani ulash
  2. AmoCRM hisobiga integratsiyani yakunlash
  3. Xodimlar va integratsiya jarayonini sozlash

1. UTeL hisobidagi integratsiyani ulash

1.1 UTeL shaxsiy hisobingizga o'ting, yuqori paneldagi Integratsiyalar/AmoCRM bo'limini tanlang, AmoCRM ga ulanish tugmasini bosing.

1.2 Ochilgan oynada kerakli hisobni tanlang (buning uchun AmoCRM sahifasida avtorizatsiyadan o‘tgan bo’lishingiz kerak) va "Разрешить" tugmasini bosing.

1.3 Muvaffaqiyatli ulanishdan so'ng quyidagi xabarni ko'rasiz.


2. AmoCRM hisobiga integratsiyani yakunlash

2.1 Shaxsiy hisobingiz orqali amoCRM tizimiga kiring, "AmoMarket" bo'limidan "Установленные" sahifasiga o'ting va "UTeL" vidjetini tanlang.

2.2 Integratsiyani faollashtirish uchun "Разрешить использование виджета Utel" bandini belgilang va sozlamalarni saqlang.

Eslatma: Sozlamalarni saqlagach, o'zgarishlar kuchga kirishi uchun AmoCRM sahifasini yangilang.


3. Xodimlar va integratsiya jarayonini sozlash

3.1 Xodimlar bo'limiga o'ting, kerakli operatorlar uchun mos AmoCRM foydalanuvchisini tanlang, vidjetdan foydalanishga ruxsat bering va Saqlash tugmasini bosing.

Eslatma: Birlamchi mas’ul xodimning ichki raqami belgilanishi shart.

3.2 Sozlamalar bo'limiga o'ting va integratsiya hisobingizda to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan katakchalarni belgilang va "Saqlash" tugmasini bosing.

Eslatma: Integratsiya avtomatik ravishda asosiy ssenariyni o'rnatadi va obyektlar bilan ishlashni sozlaydi. Siz uni o'zgartirishingiz mumkin.

3.3 Boshqaruv parametrlari izohi:

  • "Tashqi raqamlar" - integratsiya uchun qaysi tashqi raqamlar ulanishini belgilash.
  • "Kiruvchi" - sozlama kiruvchi qo'ng'iroqlar uchun belgilanadi.
  • "Chiquvchi" - sozlama chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun belgilanadi.
  • "O'tkazib yuborilgan" - sozlama o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar uchun belgilanadi.
  • "Hech narsa" - tanlangan qo'ng'iroq turi uchun AmoCRM obyektlarini yaratmaslikni belgilaydi.
  • "Kontakt" - kontaktni yaratishni belgilaydi.
  • "Kontakt va bitim" - Kontakt va bitimni yaratishni belgilaydi.
  • "Saralanmagan" - tanlangan qo‘ng‘iroq turida Saralanmagan bosqichida obyekt yaratilishini belgilaydi.
  • "Agar oldingisi yopilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo'lsa, bitimni tuzmaslik" - oldingi bitim muvaffaqiyatli yakunlangan bo'lsa, yangi bitim yaratilmasligini belgilaydi.
  • "Agar oldingisi yopilgan va amalga oshirilmagan bo'lsa, bitimni tuzmaslik" - oldingi bitim yopilgan va amalga oshmagan bo‘lsa, yangi bitim yaratilmasligini belgilaydi.
  • "Agar AmoCRM foydalanuvchilari aniqlanmagan bo'lsa, chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun obyekt yaratmaslik" - UTeL integratsiyasidagi “Xodimlar” bo‘limida tanlanmagan xodimlarning chiquvchi qo‘ng‘iroqlari uchun obyekt yaratilmasligini belgilaydi.
  • "O'tkazib yuborilgan qo'ng'iroq uchun vazifa yaratmaslik" - Vazifa avtomatik ravishda yaratiladi. O'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar uchun vazifa yaratilishini istamasangiz, katakchani belgilang.
  • "Varonka" - bitimlar va ularning vazifalari qaysi varonkaga tushishini belgilaydi.
  • "Birlamchi mas'ul" - agar boshqa xodimlar bilan mos keladiganlar topilmasa, u uchun obyekt va vazifalar yaratiladigan xodim.

Eslatma: > Birlamchi mas’ul xodim albatta tanlangan bo‘lishi kerak!




Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: