Bitrix24 bilan integratsiya

UTeL va Bitrix24 integratsiyasi.

Ilovani o‘rnatish

  1. Bitrix24 yon panelida “Приложения/Маркет” bo‘limiga o‘ting.

  1. Qidiruv satriga integratsiya ilovasi nomi — “UTeL”ni kiriting.

  1. Ilovani oching va “Установить” tugmasini bosing. Litsenziya shartnomasi hamda Maxfiylik siyosatini tasdiqlang va yana “Установить” tugmasini bosing.

  1. Ushbu bosqichlarni bajarganingizdan so‘ng ilova muvaffaqiyatli o‘rnatiladi. “Готово” tugmasini bosing — o‘rnatish yakunlandi.

Umumiy sozlamalar

  1. Keyingi sozlamalarni davom ettirish uchun “Телефония” bo‘limiga o‘ting.

  1. Ochilgan oynada “Настройки телефонии/Общие настройки” bo‘limiga o‘ting.

  1. Tizim chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun standart raqam parametrini to‘g‘ri tanlaganiga ishonch hosil qiling. Ochiladigan ro‘yxatda “Приложение: UTeL” tanlangan bo‘lishi kerak. Agar ilova avtomatik tanlanmagan bo‘lsa, uni o’zingiz tanlang, “Сохранить” tugmasini bosing va sahifani yoping.

Foydalanuvchilarni sozlash

  1. Agar ilova avtomatik tanlanmagan bo‘lsa, uni o’zingiz tanlang, “Сохранить” tugmasini bosing va sahifani yoping.

  1. Telefoniya tizimiga ulanishi kerak bo‘lgan xodimni tanlang va uning ustiga ikki marta bosing. Ochilgan oynada “внутренний номер” (UTeL platformasida belgilangan xodimning ichki raqamini) kiriting va “Номер для исходящего” maydonida “Приложение: UTeL”ni tanlang.
  2. “Сохранить” tugmasini bosing — shu bosqichda Bitrix24 bo‘yicha integratsiya sozlamalari yakunlanadi.

UTeL kabinetida integratsiyani ulash

  1. UTeL platformasining yon menyusida “Integratsiyalar/Bitrix24” bo‘limiga o‘ting.
  2. Ochilgan sahifada B24 portalingiz domenini to‘liq formatda kiriting (masalan, https://dev.bitrix24.kz ) va “Ulanish” tugmasini bosing.

  1. Agar hamma narsa to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, integratsiya muvaffaqiyatli ulanganligi haqida xabar ko‘rasiz. Sahifa yangilanadi va integratsiya sozlamalari parametrlari paydo bo‘ladi.
  2. Integratsiya ishlashi uchun kerakli ssenariylarni o‘rnating, standart mas’ul shaxsni tanlang va “Saqlash” tugmasini bosing.

Xulosa

Shu bilan Bitrix24 tizimining UTeL platformasi bilan integratsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Endi integratsiya sahifasini yopib, ishlashni boshlashingiz mumkin.

Agar integratsiyani ulashda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, (55) 508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali @utelsupport bilan bog‘laning.