Telephone dasturini qanday sozlash mumkin?
Ushbu qo‘llanmada Telephone dasturini o‘rnatish, UTeL akkauntini kiritish va kerakli sozlamalarni to‘g‘ri bajarish bosqichlari ko‘rsatilgan.
Sozlash
Yuklash
Ushbu havola orqali yoki App Store’dan qidirish orqali Telephone dasturini o’rnating:
Dasturni oching va ochilgan oynaga kerakli ma’lumotlarni to’ldiring:
- Имя с фамилией: Operatorning ismi;
- Домен: UTeL kabinetning domeni;
- Пользователь: Operatorning ichki raqami(misol sifatida 100 ko’rsatilgan, operatorlarning ichki raqamlari kabinetda ko’rsatilgan bo’ladi);
- Пароль: Operatorning paroli(kabinetda ko’rsatilgan bo’ladi).
Ekranning yuqori chap burchagidagi menyudan dasturning sozlamasi(настройка)ga kiring:
Sozlamalar bo’limi xuddi rasmda ko’rsatilganidek sozlangan bo’lishi kerak:
Hamma sozlamalar to’g’rilangandan keyin hisobni yoqib qo’yish kerak:
Sozlamalarni yopganingizdan keyin hisob holati “Доступен” – “Faol” bo’lishi kerak:
Qo’ng’iroqni amalga oshirish uchun kerakli raqamni kiritib Enter tugmasini bosing:
Tanaffusga chiqqanda yoki ish vaqti tugaganda dastur statusini o’zgartirib qo’yish mumkin:
- Доступен – dastur qo’ng’iroqni qabul qilish uchun “Faol” holatda.
- Недоступен – DND(Do Not Disturb) – ‘Bezovta qilmang’ rejimi yoqilgan.
- Офлайн – dastur yoki operator “Nofaol” holatda.
Qo’ng’iroqni yakunlash uchun quyidagi tugmadan foydalaning:
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling:
PortSIP dasturini qanday sozlash mumkin?
Bu qo‘llanmada PortSIP dasturini o‘rnatish, UTeL akkauntini kiritish va kerakli sozlamalarni amalga oshirish bosqichlari ko‘rsatilgan.
Yealink T21P_E2 telefon apparatini qanday sozlash mumkin?
Yealink T21P_E2 telefonini UTeL uchun sozlash bo‘yicha qisqa qo‘llanma.