Qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish va qayta yo‘naltirish o‘rtasidagi farq
Ushbu maqolada siz qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish va qayta yo‘naltirish (переадресация) funksiyalarining farqlarini, qachon va qanday ishlatilishini o‘rganasiz.
Qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish
Bu shunday funksiyaki, faol qo‘ng‘iroqni boshqa xodim yoki kompaniyangizdagi boshqa ichki raqamga uzatish imkonini beradi. Bu mijozlarning ehtiyojlariga eng mos bo‘lgan shaxs yoki bo‘lim bilan ulanishini ta'minlaydi.
Misol
Mijoz texnik yordam xizmatingizga qo‘ng‘iroq qiladi va operator bilan suhbatlashadi. Operator mijozga yordam kerak bo‘lgan muammo bo‘yicha yordamni boshqa bo‘lim bera olishini tushunadi. Operator qo‘ng‘iroqni texnik yordam bo‘yicha mutaxassisga yo‘naltirish uchun qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish funksiyasidan foydalanadi, chunki aynan u mijozga ko‘proq yordam bera oladi.
Qo‘ng‘iroqni qayta yo‘naltirish (Переадресация)
Bu kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni muqobil raqamga avtomatik tarzda uzatish funksiyasi bo‘lib, qo'ng'iroqlar javobsiz qolmasligini ta’minlaydi. Asosiy liniyada qo‘ng‘iroqlarga javob bera olmasangiz ham, muhim qo‘ng‘iroqlarni o‘tkazib yubormasligingizni kafolatlaydi.
Misol
Siz ofisdan tashqaridasiz va ish telefoningizga kelgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qila olmaysiz.
Siz ofis raqamingizga keladigan barcha qo‘ng‘iroqlarni mobil telefoningizga qayta yo‘naltirib (переадресация) qo‘ysangiz bo'ladi.
Bu sizga yuborilgan muhim qo‘ng‘iroqlarni yo‘qotmasligingizni kafolatlaydi.
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: