Bank orqali to‘lov uchun hisob-fakturani (invoysni) tayyorlash
UTeL shaxsiy kabinetida bank orqali to‘lov uchun invoys tayyorlash va to‘lov jarayonini kuzatish bo‘yicha yo‘riqnoma.
Profil / To‘lov va xizmatlar bo‘limiga o‘ting.
“To‘ldirish” tugmasini bosing.
Ochilgan oynada bank orqali to‘lov usulini tanlang va “To‘lov uchun invoysni olish” tugmasini bosing.
Brauzeringizning yangi oynasida bank orqali to‘lov uchun invoys ochiladi.
E’tibor bering, invoys
Profil / Umumiy ma’lumotlarsahifasida ko‘rsatilgan bank rekvizitlari asosida shakllantiriladi.
Bank to‘lovlarini amalga oshirish jarayoni
Barcha bank operatsiyalari ma’lum vaqt kechikish bilan amalga oshiriladi. Agar to‘lovni amalga oshirgandan keyin hisob qaydnomangiz “Faol” holatiga o‘tmasa, bank amaliyotni yakunlashini kutish kerak.
Barcha to‘lovlaringiz haqidagi ma’lumotlarni “To’lov va xizmatlar” bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: