UTeL shaxsiy kabineti uchun to‘lov qilish

UTeL shaxsiy kabinetida hisobni to‘ldirish va tarif rejasiga to‘lov qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma.

Tanlagan tarif rejangiz bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish va akkauntni faollashtirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Hisobni to’ldiring
  2. Tarif uchun to’lovni amalga oshiring

Hisobni to‘ldirish

Profil / To’lov va xizmatlar bo‘limiga o‘ting va “To‘ldirish” tugmasini bosing.

O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan to‘lov turini tanlang, summani kiriting va “To’lov qilish” tugmasini bosing.

Ochilgan oynada bank kartangiz raqamini kiriting va “Оплатить” tugmasini bosing.

To'lov muvaffaqiyatli o'tganidan so‘ng, quyidagi tarix bo‘limida moliyaviy amaliyot tasdiqlanganini ko‘rasiz.

Tarif rejasi uchun to'lovni amalga oshirish

Hisobingizdagi balans tarifni sotib olish uchun yetarli bo‘lganidan so‘ng, “Sotib olish” tugmasini bosing.
Ochilgan sahifada mos tarifni, to‘lov muddatini tanlang va “Hisobimdagi mablag’dan to‘lash” tugmasini bosing.

Amalni tasdiqlang va tarif rejangiz narxi hisobingizdan yechib olinadi. Barcha moliyaviy amaliyotlar to‘lovlar tarixi bo‘limida qayd etiladi.