Dashboard | Asosiy sahifa
Dashboard — bu real vaqt rejimida qo‘ng‘iroqlar statistikasi, faol suhbatlar va operator holatini ko‘rsatadigan monitoring sahifasi
Dashbord – bu real vaqt rejimida qo‘ng‘iroqlar soni, faol suhbatlar, foydalanuvchi va raqam holatini ko‘rsatuvchi asosiy monitoring paneli.
Qo‘ng‘iroqlar statistikasi
Ekranning yuqori qismida barcha kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va ularning holati ko‘rsatiladi (xodimlar orasidagi ichki qo‘ng‘iroqlar hisobga olinmaydi)
- Muvaffaqiyatli(kiruvchi qo’ng’iroq) – operatorlar javob bergan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar.
- O‘tkazib yuborilgan – operatorlar javob bermagan qo‘ng‘iroqlar.
- Muvaffaqiyatli(chiquvchi qo’ng’iroq) – mijoz javob bergan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar.
- Ulanib bo‘lmagan – mijoz javob bermagan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar.
Sana bo‘yicha filtrlar
Grafikda ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun to‘rtta davrni tanlashingiz mumkin:
- Bugun – joriy kun uchun qo‘ng‘iroqlar (00:00 dan 23:59 gacha).
- Kecha – kechagi kun uchun qo‘ng‘iroqlar.
- Shu hafta – dushanbadan yakshanbagacha bo‘lgan oraliqdagi qo‘ng‘iroqlar.
- Shu oy – joriy oyda 1 dan 30/31 sanagacha bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar.
Grafik
Qo‘ng‘iroqlar dinamikasini ko‘rsatadigan grafik ko‘rinishida ma’lumotlar taqdim etiladi:
Qo‘ng‘iroqlar turi
Yuqorida keltirilgan grafikda qaysi turdagi qo‘ng‘iroqlarni ko‘rsatishni tanlashingiz mumkin.
Faol qo‘ng‘iroqlar
Bu qismda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatiladi:
- Hozirda operatorlar tomonidan qayta ishlanayotgan qo‘ng‘iroqlar.
- Mijoz yoki operatorning javobini kutayotgan qo‘ng‘iroqlar.
Operatorlar va raqamlar holati
Bu qismda operatorlar va tashqi raqamlar holatining o‘zgarishi ko‘rsatiladi:
- Operatorlar 4 xil holatda bo‘lishi mumkin: «Faol», «Nofaol», «Qo’ng’iroq», «Suhbat».
- Tashqi raqamlar 2 xil holatda bo‘lishi mumkin: «Faol» yoki «Nofaol».
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: