Xodimlar analitikasi

Xodimlarning qo‘ng‘iroqlar soni va samaradorligini tahlil qilib, faoliyatini baholash imkonini beruvchi sahifa.

Biznes-analitika bo'limi

  1. Qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha
  2. Xodimlar bo‘yicha
  3. Soatlar bo‘yicha

Biz, ushbu maqolada aynan Xodimlar analitikasi bilan tanishib chiqamiz.

Xodimlar bo‘yicha analitika

Bu xodimlarning yuklamasi va ish samaradorligini kuzatishda yordam beruvchi hisobot.

Filtrlar o‘rnatish

Faqat muvaffaqiyatli yoki faqat muvaffaqiyatsiz qo‘ng‘iroqlar kategoriyasini tanlang – hisobot shu asosda shakllanadi. Barcha xodimlar yoki muayyan xodimni tanlang va ma’lumot kerak bo‘lgan davrni belgilang.

Xodimlar faoliyati hisobotlari

Filtrlarni qo‘llagandan so‘ng markaziy qismda xodimlaringiz ro‘yxati va ularning faolligi aks ettiriladi:

Hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari:

  • Umumiy qo‘ng‘iroqlar soni: Birinchi qatorda tanlangan davr uchun xodim/xodimlar tomonidan amalga oshirilgan barcha qo‘ng‘iroqlar soni ko‘rsatiladi.
  • O‘rtacha qo‘ng‘iroqlar soni: Xodim/xodimlarga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha qo‘ng‘iroqlar soni hisoblab chiqiladi.
  • O‘rtacha ko‘rsatkich bilan solishtirish: O‘rtacha qiymat asosida xodimlar quyidagicha ajratiladi:
  • O‘rtachadan yuqori – qo‘ng‘iroqlar soni o‘rtacha qiymatdan yuqori bo‘lgan xodimlar.
  • O‘rtachadan past – qo‘ng‘iroqlar soni o‘rtachadan past bo‘lgan xodimlar.

Qo‘shimcha parametrlar

Har bir xodim quyidagi qo‘shimcha belgilar bilan ko‘rsatiladi:

  • Kunlik qo‘ng‘iroqlar soni: Xodim tomonidan bir kunda amalga oshirilgan o‘rtacha qo‘ng‘iroqlar soni.
  • Qo‘ng‘iroq davomiyligi o‘rtachasi: Har bir qo‘ng‘iroq davomiyligining o‘rtacha vaqti.
  • Suhbat davomiyligi o‘rtachasi: Bevosita suhbat davomiyligining o‘rtacha vaqti.